Qanday qilib Go dasturlash tilini Linux Ubuntuga to’g’ri o’rnatish mumkun? GOPATH ni qanday to’g’ri sozlash kerak?

Sardor Keldimurodov
2 min readMay 23, 2024

--

Assalomu alaykum barchaga bugun siz bilan birgalikda qanday qilib Linux Ubuntuga Go dasturlash tilini qanday to’g’ri o’rnatish va to’g’ri sozlash kerakligini birgalikda ko’rib chiqamiz. Unda boshladik 🚀

Eng birinchi navbatda ushbu saytga kirib olamiz ➡️ ️https://go.dev/dl/

Undan so’ng esa o’zimizni kompyuterimizga mos keladigan Go ni versiyasini tanlab uni yuklab olamiz. Odatda rasmdagi qizil strelkada ko’rsatilgan versiyasani yuklaganimiz maqul.

Keyin Linux Ubuntu Download papkaga kirib uni arxivdan chiqarib olamiz. Arxivdan chiqargan papkani ichidai Go papkani Download papkaga ko’chirib olamiz. Undan so’ng esa CTRL + ALT + T klaviaturani tugmalarini birgalikda bosgan holda Linux Ubuntu terminalni ochib olamiz.

cd Downloads

komandasini terminalga kiritamiz va Download papkaga o’tib olamiz. So’ngra esa ushbu komandani kiritamiz ⤵️

sudo mv go /usr/local

va undan so’ng esa cd komandasi orqali homega chiqib olamiz va ushbu komandani terminalga kiritamiz ⤵️

export PATH=$PATH:/usr/local/go/bin

va path o’rnatilganligini quyidagi komanda bilan tekshirib olamiz ⬇️

go version

hech qanday xatolik bo’lmay terminalga Go ning versiyasi chiqsa demak bizning komyuterimizga Go o’rnatildi faqat biz har safar kompyuterimizni ishga tushurganimizda Go to’g’ri ishlashi uchun biz pathni to’g’rilab quyishimiz shart buning uchun esa quyidagi komanda yordamida bashrc ni ochib olamiz ⤵️

nano .bashrc

va ochilgan oynani pastiga tushamiz va u yerga ushbu kodni copy qilib CTRL + V qilib quyamiz ⤵️

#golang settings
export PATH=$PATH:/usr/local/go/bin
export GOPATH=$HOME/projects/go
export PATH=$PATH:$GOPATH/bin
export PATH="${GOPATH-"~/go"}/bin:$PATH"

so’ngra esa CTRL + S va CTRL + X ni bosib chiqib ketamiz va ushbu komandani terminalga kiritamiz ⤵️

source .bashrc

Mana Go dasturlash tilini to’g’ri o’rnatib va GOPATH ni sozlab ham oldik.

Endi terminalga ushbu komandani kiritib projects deb nomlangan papka ochib olamiz ⤵️

mkdir projects

undan so’ngra esa ushbu papkaga kirib olamiz ⤵️

cd projects

keyin esa ushbu papkani ichidan yana Go papka ochamiz ⤵️

mkdir go

so’ngra esa yana ushbu papkaga kirib olamiz ⤵️

cd go

keyin Go papkani ichidan yana 3 ta quyidagicha papka ochamiz ⤵️

mkdir src bin pkg

mana ishimiz yakunlandi endi bemalol Go da yozadigan barcha kodlarimizni projects papkani ichidagi Go papkani ichidagi src papkada yaratib ishlatsak bo’ladi, bizda GOPATH bilan muammo bo’lmaydi.

Sizga ushbu maqolani foydasi tegsa iltimos like va comment qoldiring, zero boshqalarga ham tarqalsin maqola.

🗓️ ️Maqola 24.05.2024 sanada mediumga joylandi.

--

--

Sardor Keldimurodov
Sardor Keldimurodov

Written by Sardor Keldimurodov

24. y.o backend developer from Tashkent. I publish my articles in Uzbek, English and Russian.

Responses (2)